Şular haqida öylarkanman, “Issiq jonni isitmasi böladi” degan gap yodga tuşadi. Töğri, xohlaymizmi-yöqmi, inson borki, bemor böladi. Soğ payti soğliqni qadriga yetiş kerakligini bilsak-da odatda aksariyatimiz köproq “isitma”miz çiqqanidan keyin hayotimiz uçun eng muhim bölgan ayni masalaga eʼtibor qarata boşlaymiz.
Tibbiyot rivojlanib borayotgan bugungi kunda davlatimiz tomonidan aholini turli yuqumli kasalliklardan asraş, sifatli va tezkor tibbiy xizmat körsatişni taşkil etiş, soha xodimlari bilim va malakasini oşiriş işlariga jiddiy eʼtibor qratilmoqda. Buni Samarqand viloyatining Urgut tumani misolida ham köriş mumkin.
Olti yuz ellik mingga yaqin aholi istiqomat qilayotgan mazkur hududda bugun oltmişga yaqin tibbiyot muassasalari, jumladan, oilaviy poliklinikalar faoliyat olib bormoqda. Joriy yil tumanda 300 nafarga yaqin soğliqni saqlaş tizimi xodimi, jumladan, oilaviy şifokorlar, tor soha mutaxassislari, rentgenologlar, UTT vraçlari, akuşer-ginekolog va pediatrlar öz bilim va tajribasini oşirdi. Samarqand davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda amalga oşirilayotgan bu boradagi işlar davom etmoqda.
Davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyevning soğliqni saqlaş tizimini isloh qilişga oid farmon va qarorlari, alohida topşiriqlari ijrosi doirasida bu yerdagi tibbiyot muassasalari faoliyatini rivojlantiriş, ularni zamonga mos ravişda jihozlaş, bemorlar, şuningdek, aholining körikdan ötişi uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş masalalariga ustuvor vazifalardan biri sifatida qaralmoqda. Ayni yönalişdagi işlar haqida söz borganda tumandagi 22 va 51-son oilaviy poliklinikalar yangidan qurilib foydalanişga topşirilgani, ularni jihozlaşga qariyb 400 million söm yönaltirilganini ham aytiş lozim.
Urgutdagi poliklikalar haqida gap ketganda bu yerdagi Bahrin mahallasidagi 21-oilaviy poliklinika haqida yozmasak bölmaydi. Bundan qariyb 55 yil avval qurilgan uşbu maskan kapital taʼmirga muhtoj ahvolda, zamonaviy tekşiruv apparatlari hamda tibbiy asbob va jihozlar yetişmas, zaxdan devorlari moğarlab ketgan, xizmat körsatiş ham şunga yaraşa edi.
– Ön uç ming nafardan ziyod aholiga birlamçi tibbiy yordam körsatiladigan punktimizda yuklama nihoyatda katta, şaroit esa abgor edi, –deydi mazkur muassasa mudiri Sardor Luqmonov. – 2022-2024-yillari köp harakat qilindi, ammo kamçiliklarni bartaraf etişning iloji bölmadi. Hafsalasiz bölib yurgan paytlarimiz poliklinikamizga 2025-yil dekabr oyida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning taşrif buyurişi mavjud muammolarimizning barçasi yeçilişiga yöl oçdi. Topşiriqlariga binoan qisqa vaqt içida binomiz yangidan qurib bitkazildi. Eng zamonaviy jihozlar, tibbiy asbob-uskunalar, jumladan, rentgen va UTT apparatlari bilan taʼminlandi. Bu yerda yigirma beş örinli tuğruq bölimi hamda tez tibbiy yordam şoxobçasi ham taşkil etildi. Bilasizmi, Saida Şavkatovnaning bu yerga kelişi minglab aholini qiynab kelayotgan kamçilik va noqulayliklarga nuqta qöydi. Bundan ğoyat mamnun onaxon-u otaxonlarimiz u kişining haqlariga duolar qilib turadi.
Har kuni örtaça 300 kişi murojaat qilayotgan mazkur muassasada ayollar va erkaklarning statsionar şaroitda davolanişi uçun alohida xonalar, fizoterapiya muolajalari taşkil qilingan.
X. Salimov,
Yuz.uz muxbiri