Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi tomonidan prokuratura, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Soliq boshqarmasining komplaens va korrupsiyaga qarshi nazorat bo‘limi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonunbuzarlik fosh etildi.
Ma’lum bo‘lishicha, Soliq boshqarmasining shu’ba boshlig‘i xizmat vakolatidan foydalanib, zargarlik buyumlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi MChJga nisbatan go‘yoki 1 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni yashirgani vaji bilan 145 mln so‘m miqdorida sun’iy jarima qo‘llash bilan tahdid qilgan. U mazkur jarimani qo‘llamaslik va kelgusida «himoya» qilib berish evaziga korxona rahbaridan 10 mln so‘mlik tilla taqinchoqni pora sifatida olgan vaqtida ashyoiy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.