Bundan taşqari, tibbiy maʼlumotlarni topiş, tuşuniş va qöllaş osonroq bölgan odamlar, odatda, kamroq stressni boşdan keçirişlari aniqlandi. Bir neçta surunkali kasalliklarga çalingan odamlarni qöllab-quvvatlaşda nafaqat ularning tibbiy maʼlumotlar bilan işlaş qobiliyatini, balki stressga individual taʼsirçanligini ham hisobga oliş lozim, deb yozadi remedium.ru.

Tadqiqot davomida uçta guruh taqqoslandi. Birinçi guruhga surunkali kasalligi bölmagan odamlar, ikkinçisiga bitta kasalligi bölgan odamlar, uçinçisiga esa ikki va undan ortiq kasalligi bölganlar kiritilgan. Uçala guruhda ham yuqori darajadagi stress hayot sifatining pasayişi bilan boğliq edi. Hatto yoş, jins, taʼlim darajasi, bandlik va moliyaviy imkoniyatlar hisobga olinganda ham. Surunkali kasalliklar köpaygan sari uşbu boğliqlik kuçaydi.

Bu holat ikki va undan ortiq kasalliklarga çalingan bemorlar orasida yuqori darajada namoyon böldi. Jumladan ularda qabul qilingan stress va hayot sifatining pasayişi örtasidagi boğliqlik surunkali kasalliklari bölmagan odamlarga qaraganda taxminan ikki baravar kuçliroq edi. Biroq, şuni taʼkidlaş kerakki, tadqiqot statistik assotsiatsiyani körsatadi, ammo sabab-oqibat aloqasini aniqlaşga imkon bermaydi.

“Bir neçta kasalliklarning mavjudligi şifokorlarga taşrif buyuriş, dori-darmonlarni qabul qiliş va turli mutaxassislardan keladigan maʼlumotlarni muvofiqlaştiriş zarurligini anglatişi mumkin. Olingan natijalar şuni körsatadiki, bir neçta surunkali kasalliklarga çalingan odamlarning hayot sifatini baholaşda stress darajasiga köproq eʼtibor qaratiş kerak”, – deydi tadqiqot mualliflari.