Xususan, qöşni davlatdan “Termiz xalqaro savdo markazi” hududiga ötiş uçun kirib kelgan xorij fuqarosi belgilangan tartibda bojxona nazoratidan ötkazildi.
Tekşiruv davomida uning yon çöntagidagi mobil telefonining orqa qopqoği ostiga yaşirilgan, şaffof sellofanga öralgan, ötkir hidli, töq jigarrang modda aniqlandi.
Holat Surxondaryo viloyati bojxona boşqarmasining “Ayritom” çegara bojxona posti Kontrabandaga qarşi kuraşiş guruhi xodimlari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati, DXX Çegara qöşinlari hamda viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbir davomida aniqlandi.
Ötkazilgan maxsus tekşiruv natijasida uşbu modda “opiy” giyohvandlik vositasi ekanligi maʼlum böldi. Uning örami bilan birgalikdagi oğirligi 51,55 grammni taşkil etdi.