Hukumatning 2026-yil 3-noyabrdagi 606-son qarori bilan «Texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatida aholiga yetkazilgan zararni baholaş va qoplaş tartibi töğrisida»gi nizom tasdiqlandi.
Nizomga köra, texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarga transport avariyalari va halokatlari, kimyoviy xavfli hamda yonğin-portlaş xavfi mavjud obyektlardagi hodisalar, energetika va kommunal tizimlardagi avariyalar, şuningdek, bino konstruksiyalarining tösatdan buzilişi kabi holatlar kiradi.
Qarorda favqulodda vaziyat oqibatida halok bölgan fuqarolarning oila aʼzolari uçun har bir oila aʼzosiga teng uluşda BHMning 500 baravarigaça miqdorda bir martalik moddiy yordam tölaş belgilangan.
Tan jarohati olgan fuqarolarga esa jarohat oğirligiga qarab quyidagi miqdorda yordam beriladi:
- oğir tan jarohati olganlarga — BHMning 200 baravarigaça;
- örtaça oğirlikdagi jarohat olganlarga — BHMning 150 baravarigaça;
- yengil tan jarohati olganlarga — BHMning 100 baravarigaça.
Jabrlangan şaxslar favqulodda vaziyat sodir bölgan kundan boşlab 30 kun içida belgilangan şakldagi arizani töldirib, tegişli komissiyaga taqdim etişi lozim.
Moddiy yordam Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi, viloyatlar va Toşkent şahri hokimlarining qarorlari asosida tölanadi.
Nizomda zararni qoplaşning ikki holati nazarda tutilgan. Birinçisi — favqulodda vaziyat uçun aybdor şaxslar sud tomonidan aniqlanguniga qadar jabrlanganlarga tölovlarni jamğarma mablağlari hisobidan amalga oşiriş. Ikkinçisi — aybdor deb topilgan yuridik şaxs yoki uning mansabdor şaxsi zararni belgilangan muddatda töliq qoplay olmagan holatlar.
Bunday tölovlar tegişli tuman yoki şahar hokimligi huzurida taşkil etiladigan Texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatida aholiga yetkazilgan zararni qoplaş jamğarmasi orqali amalga oşiriladi.
Şu tariqa, yangi tartib texnogen avariya va halokatlar oqibatida jabrlangan aholiga moddiy yordam körsatiş hamda zararni qoplaş mexanizmlarini belgilaydi.