2026-yil 1–22-noyabr kunlari poytaxt avtobuslarida yöl haqini tölaş qoidalariga rioya etilişi yuzasidan ötkazilgan nazorat tadbirlari natijasida 19 457 ta maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirildi. Bu kuniga örtaça 884 ta qoidabuzarlik holati aniqlanganini anglatadi. Yil boşidan buyon esa rasmiylaştirilgan bayonnomalar soni 158 237 taga yetdi.

22-noyabr holatiga köra, kunlik hisobotda undirilgan jarimalar miqdori 3 661 906 503 sömdan oşgan. Şundan 449 893 078,5 sömi noyabr oyining dastlabki 22 kuniga töğri keladi.

Nazorat tadbirlari amalga oşirilayotgan avtobus yönalişlarida yölovçilar oqimi dinamikasi ham tahlil qilinmoqda.

Jumladan, 18–21-noyabr kunlari 8, 11, 14, 28, 93, 116 va 131-sonli avtobus yönalişlarida jami 449 802 nafar yölovçi taşildi. Bu ötgan haftaning mos davriga nisbatan 5 792 nafarga yoki 1,3 foizga köpdir. Şu bilan birga, mazkur yönalişlarda tört kun davomida 1 228 ta maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirildi.Ayrim yönalişlarda yölovçilar sonining sezilarli ösişi kuzatildi. Xususan, 11-yönalişda ösiş 11,2 foizni, 28-yönalişda 5,4 foizni, 8-yönalişda 3,5 foizni hamda 14-yönalişda 1,7 foizni taşkil etdi.

Yöl haqini öz vaqtida va töliq tölaş — oddiy tölov amaliyoti emas, balki jamoat transporti rivojiga qöşilgan hissa, umumiy qoidalarga hurmat va fuqarolik masʼuliyati ifodasidir.