Iqtisodiyot va moliya vazirligi maʼlumotlariga köra, «Eski Jöva» dehqon bozorida mol göştining ulgurji narxi bir kilogramm uçun 75 ming sömdan 109 ming sömgaça, qöy göşti esa 90 ming sömdan 115 ming sömgaça böldi.


«Qöyliq» ulgurji dehqon bozorida ayrim mahsulotlar narxi quyidagiça şakllangan:

  • Kartoşka — 3 000–6 500 söm;
  • Piyoz — 3 500–5 000 söm;
  • Sabzi — 3 000–3 300 söm;
  • Karam — 2 200–3 500 söm;
  • Pomidor — 6 000–23 000 söm;
  • Bodring — 10 000–22 000 söm;
  • Bulğor qalampiri — 10 000–25 000 söm;
  • Olma — 5 000–25 000 söm;
  • Banan — 13 000–18 000 söm;
  • Mandarin — 10 000–25 000 söm;
  • Apelsin — 10 000–20 000 söm;
  • Uzum — 10 000–50 000 söm;
  • Nok — 13 000–30 000 söm;
  • Limon — 12 000–20 000 söm.

Şuningdek, bir kilogramm guruçning (lazer) ulgurji narxi 13–18 ming söm, moş 15–19 ming söm, nöxat 15–25 ming söm va qizil loviya 15–18 ming sömni taşkil etgan.

Qayd etilişiça, «Qöyliq» dehqon bozori va «Food City» savdo majmuasida meva-sabzavot hamda poliz mahsulotlari narxlari böyiça maʼlumotlar ertalab soat 05:00 dan 07:00 gaça, «Eski Jöva» — «Çorsu» dehqon bozorida göşt narxlari böyiça maʼlumotlar esa keçki soat 22:00 dan tungi 02:00 gaça töplanadi.

Eslatma: keltirilgan narxlar ulgurji bozor narxlari bölib, çakana savdo narxlaridan farq qilişi mumkin.