2025-yil oktyabr oyidan 2026-yil 10-noyabrga qadar poytaxt avtobuslarida yöl haqini tölamasdan harakatlanganlik holatlari böyiça jami 170 937 ta maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirilgan, deb xabar bermoqda şahar Transport boş boşqarmasi.

Maʼlumotlarga köra, takroran jarimaga tortilgan 22 929 nafar yölovçining huquqbuzarliklari quyidagiça taqsimlangan:

  • 17 327 nafar yölovçi — 2-marta;
  • 4 033 nafar yölovçi — 3-marta;
  • 1 099 nafar yölovçi — 4-marta;
  • 461 nafar yölovçi — 5–9-marta;
  • 9 nafar yölovçi — 10-marta va undan ortiq.

Amaldagi qonunçilikka muvofiq, yöl haqini tölamagan yölovçilarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 144-moddasi beşinçi qismiga asosan maʼmuriy jarima qöllaniladi.

Şunday qilib, har bir yangi huquqbuzarlik yana jarimaga sabab bölişi mumkin. Bu esa yölovçilar uçun qöşimça moliyaviy xarajatlarni keltirib çiqaradi.

Jamoat transportidan foydalanişda yöl haqini öz vaqtida tölaş nafaqat qonun talabiga rioya qiliş, balki yölovçilik madaniyatining ham muhim qismi hisoblanadi.