Toşkent şahar transport va yöl-transport infratuzilmasini rivojlantiriş boş boşqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda avtobuslar harakat intervallari buzilayotgani yuzasidan bildirilgan eʼtirozlarga munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinişiça, ayni vaqtda poytaxtning Şahrisabz, Amir Temur şoh köçasi hamda Yangi Sergeli köçalarida jamoat transporti uçun alohida yölaklar (BRT) taşkil etiş va kapital taʼmirlaş işlari olib borilmoqda.
Jumladan:
- Şahrisabz köçasida — 1 km;
- Amir Temur şoh köçasida — 2,73 km;
- Yangi Sergeli köçasida — 1,36 km uzunlikda quriliş-montaj işlari amalga oşirilmoqda.
Uşbu işlar doirasida jami 5,09 kilometr yölda quriliş va taʼmirlaş işlari olib borilmoqda.
Qayd etilişiça, ayrim yöl uçastkalarida transport harakatiga vaqtinçalik çeklovlar kiritilgani şaharning qator köçalarida tirbandliklarning ortişiga sabab bölmoqda. Ayniqsa, ertalabki va keçki tiğiz vaqtlarda avtobuslarning belgilangan jadval va harakat intervallariga rioya qilişi qiyinlaşmoqda.
Boş boşqarma maʼlumotiga köra, quriliş-montaj işlari yakunlanib, yöllarda transport harakati tiklangaç, tirbandliklar kamayadi va avtobuslar harakat intervallari belgilangan jadval asosida barqarorlaşadi.