Içki işlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamentiga murojaat qilgan fuqaro nomaʼlum şaxslar uni avtomobilda olib qoçişga uringanini, biroq qarşilik körsatib, qoçib qolişga muvaffaq bölganini bildirgan.

Mazkur murojaat asosida ötkazilgan tezkor tadbir davomida ikki nafar gumonlanuvçi qölga olingan. Maʼlum bölişiça, ular 2000 va 1998-yillarda Toşkent şahrida tuğilgan bölib, muqaddam Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan sudlangan.

Gumonlanuvçilarga tegişli transport vositasi közdan keçirilganda, uning yukxonasidan bir dona ötkir tiğli bolta aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylaştirib olingan.

Tergov davomida ularning telefon apparatlari tekşirilganda, Telegram messenjerida buyurtmaçi bilan yozişmalari aniqlangan. Unda arizaçini har qanday yöl bilan bölsa ham buyurtmaçiga olib boriş haqida körsatma berilgani maʼlum bölgan.

Şuningdek, yozişmalarda yana bir fuqaroni ham majburan olib keliş topşirilgani, zarur bölsa, unga elektroşoker işlatib, huşsizlantiriş orqali olib keliş haqida körsatma berilgani qayd etilgan.

Gumonlanuvçilar ikkinçi fuqaroni olib ketiş maqsadida uning işxonasi oldida qariyb tört soat kutişgan. Biroq u xizmat safariga ketganini bilgaç, rejalarini boşqa kunga qoldirişgan.

Mazkur holat yuzasidan gumonlanuvçilarga nisbatan Jinoyat kodeksining 137-moddasi ikkinçi qismi «b» va «v» bandlari bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Içki işlar vazirligi fuqarolardan özlariga yoki yaqinlariga nisbatan tovlamaçilik, zöravonlik va tahdid orqali pul undiriş, şuningdek, xizmatlarni haq tölamasdan bajartiriş kabi holatlarga duç kelganda içki işlar organlariga murojaat qilişni söramoqda. Murojaatlar belgilangan tartibda körib çiqilişi, fuqarolarning şaxsi sir saqlanişi va huquqlari qonun bilan himoya qilinişi kafolatlanadi.