Bu haqda “Dunyo” AA xabar bermoqda.
Uchrashuvda ikki mamlakat oʻrtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik holati va istiqbollari koʻrib chiqildi.
Umar al-Shamsiy yangi elchiga oʻz vazifalarini bajarishda muvaffaqiyatlar tilab, BAA va Oʻzbekiston oʻrtasidagi munosabatlarni barcha sohalarda kengaytirishga tayyorligini bildirdi.
Oʻzbekiston elchisi ikki davlat oʻrtasidagi anʼanaviy doʻstona munosabatlarni yanada mustahkamlash uchun barcha saʼy-harakatlarini ishga solishini taʼkidladi.
Oʻzbekistonning yangi elchisi 43 yoshda. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan. Tashqi ishlar vazirligi tizimida 2005-yildan boshlab diplomatik faoliyatini referent sifatida boshlagan, turli lavozimlarda, jumladan, mamlakatimizning Vashington va Nyu-Yorkdagi diplomatik vakolatxonalarida faoliyat yuritgan.
2018–2023-yillarda mamlakatimizning Parijdagi YUNESKO huzuridagi doimiy vakili, 2023-yilda Oʻzbekiston Turizm qoʻmitasi raisi etib tayinlangan.
Umid Shodiyev 2022–2025-yillarda Oʻzbekistonning BAAdagi elchixonasiga rahbarlik qilgan va 2025-yil dekabr oyida Oʻzbekiston Turizm qoʻmitasi raisi etib tayinlangan Abdulaziz Aqqulov oʻrniga tayinlandi.