Sönggi vaqtlarda fuqarolarning muqaddas qadamjolarni ziyorat qiliş, xususan, “Umra” ibodatini ado etiş istagidan ğarazli maqsadlarda foydalaniş, ularga turli vaʼdalar beriş orqali pul mablağlarini qölga kiritiş holatlari uçrab turibdi. Ayrim şaxslar esa belgilangan tartibda bunday faoliyatni amalga oşiriş huquqiga ega bölmagan holda, özlarini işonçli xizmat körsatuvçi sifatida namoyon etib, fuqarolarning işonçini suiisteʼmol qilmoqda.

Davlat xavfsizlik xizmati va huquqni muhofaza qiluvçi organlar hamkorligida ötkazilayotgan tezkor tadbirlar davomida bunday qonunbuziliş holatlariga öz vaqtida çek qöyilmoqda.

Andijon viloyatining Asaka tumanida “Umra” ziyoratini taşkil etiş huquqiga ega bölmagan turfirma rahbari uç nafar fuqaroning işonçiga kirib, ularni Saudiya Arabistoniga muqaddas ziyoratga yuborişni vaʼda qiladi. Buning evaziga u fuqarolardan 3350 AQŞ dollari talab qiladi.Davlat xavfsizlik xizmati Andijon viloyati böyiça boşqarmasi hamda içki işlar organlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbir davomida mazkur şaxs talab qilingan pul mablağini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Toşkent viloyatining Bekobod tumanidagi hususiy öquv markazi rahbari, 1992-y.t. şaxs, 4 nafar fuqaroni noqonuniy ravişda “Umra” ziyoratiga yuboriş evaziga, Bekobod şahrida yaşovçi 1994-y.t. fuqarodan 4 800 AQŞ dollari talab qiladi. Mazkur holat yuzasidan ötkazilgan hamkorlikdagi tezkor tadbir davomida hususiy öquv markazi rahbarining 1995-y.t ukasi fuqarodan oldindan 2000 AQŞ dollarini avans tariqasida olayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.

Ayni paytda uşbu şaxslarga nisbatan JKning 168-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat işi qözğatildi.