Ularning uyqusi maxsus qurilmalar orqali kuzatilgan. Bunda har bir iştirokçiga örtaça 154 kunlik yozuv töğri kelgan, deb yozadi lenta.ru.
Psixologik holat har oyda depressiya, xavotir va yolğizlik belgilari böyiça sörovnomalar yordamida baholandi, natijalar Scientific Reports jurnalida eʼlon qilingan.
Uxlaş davomiyligi va sifatiga eʼtibor qaratilgan köplab oldingi işlardan farqli ölaroq, tadqiqotçilar uyquning muntazamligiga, yaʼni maʼlum bir odamning odatda soat neççida uyquga yotişi va uyğonişiga eʼtibor qaratdi.
San-Fransiskodagi Kaliforniya universiteti Psixiatriya va xulq-atvor fanlari bölimining muallifi Eşli Meyson taʼkidlaganidek, muntazam uyqu va uyğoqlik rejimi sirkad ritmlarni meʼyorda uşlab turadi.
Sirkad ritmlar – bu organizmning içki biologik soatlari. Ular taxminan 24 soatlik sikl böyiça işlaydi va uyqu hamda uyğoqlik almaşinuvini boşqaradi. Uning buzilişi esa depressiya va boşqa ruhiy buzilişlar bilan boğliq bölgan sirkad muvofiqlikni zaiflaştirişi mumkin.