Venesuela Milliy assambleyasi raisi Xorxe Rodriges mamlakatdagi ikki kuchli zilziladan keyingi vaziyat bo‘yicha bayonot berdi.

Uning ma’lum qilishicha, zilzilalar natijasida halok bo‘lganlar soni 1719 nafarga, jarohat olganlar esa 5 034 nafarga yetgan.

Rodrigesga ko‘ra, tabiiy ofatdan 22 619 nafar kishi zarar ko‘rgan, 855 ta shikastlangan binodan 189 tasi to‘liq vayron bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Venesuelada 24-iyun kechqurun va 25-iyun ertalab zilzilalar sodir bo‘lib, ko‘plab uylar vayron bo‘lgan.

Mamlakatda favqulodda holat e’lon qilingan, eng ko‘p zarar ko‘rgan La-Guayra shtati harbiylar nazoratiga berilgan.

Venesuela xalqaro tashkilotlar va turli davlatlardan yordam qabul qilmoqda.