Safar davomida Xabarovsk ölkasidagi özbekistonlik mehnat muhojirlariga konsullik-huquqiy yordam körsatiş va ularning muammolarini bevosita joyida örganiş maqsadida sayyor qabul taşkil etildi.

Sayyor qabulda 20 nafardan ortiq hamyurtlarimizning murojaatlari körib çiqildi. Ular tomonidan kötarilgan masalalar yuzasidan batafsil huquqiy tuşuntirişlar berildi. Murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi, mehnat migratsiyasi jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar esa alohida nazoratga olindi.

Ayrim murojaatlar Xabarovsk ölkasining huquq-tartibot idoralariga belgilangan tartibda körib çiqiş va huquqiy baho beriş uçun yuborildi.

Şuningdek, konsullik muassasasida Özbekiston fuqarolarining xorijga çiqiş biometrik pasportlari hamda Vatanga qaytiş guvohnomalarini rasmiylaştiriş böyiça murojaat qilgan yurtdoşlarimizning hujjatlari sayyor qabul davomida öz egalariga topşirildi.