Tashkilotchilar
– Xitoyning Inson huquqlarini rivojlantirish jamg‘armasi (China Foundation for
Human Rights Development, CFHRD) va Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston
Respublikasi Milliy markazi.
Forumda Xitoy
va Markaziy Osiyo davlatlarining inson huquqlari sohasidagi o‘zaro
hamkorligining asosiy ustuvor yo‘nalishlari ko‘rib chiqiladi. Rivojlanish
huquqini ro‘yobga chiqarish maqsadida kambag‘allikni qisqartirish va aholi
farovonligini yaxshilash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish, ekologiyani
muhofaza qilish, yashil rivojlanish va inson huquqlarini himoya qilish, inson
huquqlari rivojiga ko‘maklashuvchi raqamli intellektual texnologiyalarni ilgari
surish kabi sohalardagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilinadi.
Muhokamalarda
Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonning
inson huquqlari sohasidagi ekspert, ilmiy, davlat va ishbilarmon doiralari
vakillari ishtirok etadi. Jami taxminan 100 nafar (40 nafar xorijiy va 60 nafar
milliy) ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda.
To‘rtinchi
forum «Yuqori sifatli rivojlanish orqali inson huquqlari sohasidagi
taraqqiyotni birgalikda ilgari surish» mavzusiga bag‘ishlanadi.
Bundan oldin
birinchi forum – 2023-yil 12-sentyabrda Pekin shahrida, ikkinchi forum –
2025-yil iyun oyida qo‘shni Qozog‘istonning Ostona shahrida va uchinchi forum –
2025-yil iyul oyida Xitoyning Sian shahrida bo‘lib o‘tgan.
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi
Milliy
markazi matbuot xizmati.