Tashkilotchilar – Xitoyning Inson huquqlarini rivojlantirish jamg‘armasi (China Foundation for Human Rights Development, CFHRD) va Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi.

Forumda Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlarining inson huquqlari sohasidagi o‘zaro hamkorligining asosiy ustuvor yo‘nalishlari ko‘rib chiqiladi. Rivojlanish huquqini ro‘yobga chiqarish maqsadida kambag‘allikni qisqartirish va aholi farovonligini yaxshilash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish, ekologiyani muhofaza qilish, yashil rivojlanish va inson huquqlarini himoya qilish, inson huquqlari rivojiga ko‘maklashuvchi raqamli intellektual texnologiyalarni ilgari surish kabi sohalardagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilinadi.

Muhokamalarda Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonning inson huquqlari sohasidagi ekspert, ilmiy, davlat va ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etadi. Jami taxminan 100 nafar (40 nafar xorijiy va 60 nafar milliy) ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda.

To‘rtinchi forum «Yuqori sifatli rivojlanish orqali inson huquqlari sohasidagi taraqqiyotni birgalikda ilgari surish» mavzusiga bag‘ishlanadi.

Bundan oldin birinchi forum – 2023-yil 12-sentyabrda Pekin shahrida, ikkinchi forum –  2025-yil iyun oyida qo‘shni Qozog‘istonning Ostona shahrida va uchinchi forum – 2025-yil iyul oyida Xitoyning Sian shahrida bo‘lib o‘tgan.

 

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi

Milliy markazi matbuot xizmati.