Festivalning maqsadi, “Xorazm lazgi raqsi” sanʼatining asriy anʼanalarini saqlash va rivojlantirish, raqs sanʼati orqali xalqlar oʻrtasidagi doʻstlik, birodarlik rishtalarini mustahkamlash, xalqaro miqyosda ijodiy hamkorlik koʻlamini va madaniy aloqalarni yanada kengaytirishdan iboratdir.

2022-yilda Xorazm viloyatining Xiva shahrida boʻlib oʻtgan I “Lazgi” xalqaro raqs festivali dunyoning 30 ta davlatidan 175 dan ziyod isteʼdodli raqqosalar, professional raqs jamoalar, raqs sanʼati ustalari, musiqashunos va sanʼatshunos olimlar, taniqli sanʼatkorlar, yetuk mutaxassislar, faxriy mehmonlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etgan.

2024-yilda ikkinchi marotaba oʻtkazilgan II “Lazgi” xalqaro raqs festivaliga dunyoning 33 davlatlaridan 200 dan ziyod isteʼdodli raqqosalar, professional raqs jamoalari, raqs sanʼati ustalari, musiqashunos va sanʼatshunos olimlar, taniqli sanʼatkorlar, yetuk mutaxassislar, faxriy mehmonlar ishtirok etishdi.