Voqea joriy yilning 14-noyabr kuni sodir bölgan. Şu kuni 2000-yilda tuğilgan J.J. Urganç tumani IIBga murojaat qilib, öziga tegişli «Damas» avtomaşinasi nomaʼlum şaxs tomonidan olib qoçilganini maʼlum qilgan.
Aniqlanişiça, haydovçi maşinani Urganç tumanidagi «Anjirçilar» mahallasi hududida joylaşgan metan gaz quyiş şoxobçasining kutiş maydonida oçiq va qarovsiz qoldirgan. Bundan foydalangan nomaʼlum şaxs transport vositasini olib qoçgan.
Murojaat asosida tergov-tezkor guruhi hodisa joyiga yetib borib, atrofdagi binolarga örnatilgan kuzatuv kameralari yozuvlarini örgangan. Videoyozuvlar protsessual tartibda rasmiylaştirib olingan.
Içki işlar organlari xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida avtomaşinani olib qoçgan şaxs 1998-yilda tuğilgan N.J. ekani aniqlangan.
Tergov maʼlumotlariga köra, u avtomaşinani mast holatda olib qoçib, Yangibozor tumanidagi «Sam moy 222» avtomobillarni yuviş şoxobçasi yonida qulflangan holda qoldirgan va voqea joyidan yaşiringan.
Mazkur holat yuzasidan N.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Unga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Eslatib ötamiz, Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismida transport vositasini olib qoçiş jinoyati uçun beş yildan ön yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi nazarda tutilgan.
Içki işlar organlari fuqarolarni avtomaşinalarini qarovsiz qoldirmaslikka, eşiklarining qulflanganiga işonç hosil qilişga va kalitni öt oldiriş joyida qoldirmaslikka çaqirmoqda.