Tadbir
BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining 62-sessiyasi doirasida BMT Inson
huquqlari bo‘yicha oliy komissari Boshqarmasi hamda mintaqaviy huquqni himoya
qilish tizimlari ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi
Hukumati hamtashkilotchilardan biri sifatida ishtirok etdi.
Shuningdek,
hamtashkilotchilar qatoridan BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari
Boshqarmasi, yevropa Kengashi, Afrika Ittifoqi, Amerika davlatlari tashkiloti,
Inson huquqlari bo‘yicha Arab xartiyasi qo‘mitasi o‘rin oldi.
Tadbir
geosiyosiy keskinlik, normalarni tanlab talqin qilish va fuqarolik makonining
torayishi sharoitida inson huquqlarining universalligi, bo‘linmasligi hamda
o‘zaro bog‘liqligi tamoyilini tasdiqlashga bag‘ishlangan panel muhokamasi
shaklida o‘tdi.
Inson
huquqlarini himoya qilish, milliy institutlarni mustahkamlash hamda xalqaro va
mintaqaviy huquqni himoya qilish mexanizmlari bilan konstruktiv hamkorlikni
rivojlantirish sohasidagi keng ko‘lamli islohotlarni izchil amalga oshirayotgan
O‘zbekiston Respublikasining tajribasi universal xalqaro standartlarni
amaliyotga tatbiq etishning muvaffaqiyatli namunalaridan biri sifatida qayd
etildi.
Interfaol
sessiya davomida davlatlar, mintaqaviy tashkilotlar va fuqarolik jamiyati
vakillari bilan global hamda mintaqaviy inson huquqlari mexanizmlarining o‘zaro
hamkorligiga doir amaliy jihatlar yuzasidan fikr almashildi.
Tadbir
yakunlari O‘zbekiston uchun mamlakat vakillarining BMT Inson huquqlari bo‘yicha
kengashining shunga o‘xshash tadbirlaridagi ishtirokini davom ettirish hamda
BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Boshqarmasi va mintaqaviy inson
huquqlari tizimlari bilan hamkorlikda tadbirlarni tashkil etish amaliyotini
rivojlantirish maqsadga muvofiq ekanini ko‘rsatdi.
Shuningdek,
O‘zbekistonning inson huquqlari sohasidagi milliy tashabbuslarni ilgari surish
uchun BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi maydonidan foydalanish ham muhim
ahamiyatga ega.
Inson
huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazi matbuot xizmati.