Bu haqda Milliy statistika qömitasi aholini röyxatga oliş natijalari asosida qayta hisoblangan maʼlumotlarda maʼlum qildi.
Maʼlumotlarga köra, erkaklarning örtaça yoşi 29,1 yoşni, ayollarniki esa 30,2 yoşni taşkil etgan.
Hududlar kesimida eng yuqori örtaça yoş Toşkent şahrida qayd etilgan — 33,6 yoş. Keyingi örinlarda Navoiy viloyati (31 yoş), Qoraqalpoğiston Respublikasi (30,9 yoş) va Buxoro viloyati (30,8 yoş) turibdi.
Qolgan hududlarda aholining örtaça yoşi quyidagiça:
- Toşkent viloyati — 30,1 yoş;
- Farğona viloyati — 30 yoş;
- Xorazm viloyati — 30 yoş;
- Sirdaryo viloyati — 29,6 yoş;
- Andijon viloyati — 29,3 yoş;
- Namangan viloyati — 28,8 yoş;
- Samarqand viloyati — 28,4 yoş;
- Jizzax viloyati — 27,9 yoş;
- Qaşqadaryo viloyati — 27,8 yoş;
- Surxondaryo viloyati — 27,4 yoş.
Taqqoslaş uçun, 2010-yilda Özbekiston aholisining örtaça yoşi 27 yoş bölgan. Demak, 2026-yil boşiga kelib bu körsatkiç 2,6 yoşga oşgan.