Prezidentning «Kinematografiya sohasiga zamonaviy boşqaruv usullarini joriy qiliş va «Özbekfilm» milliy kino brendini yaratişni qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni (PF–250-son, 2026-yil 21-noyabr) qabul qilindi.
Hujjatga muvofiq, kinematografiya sohasida zamonaviy boşqaruv modelini joriy etiş, takrorlanuvçi vakolatlarni maqbullaştiriş va milliy kinoindustriyani bosqiçma-bosqiç iqtisodiyotning muhim tarmoğiga aylantiriş asosiy vazifalar etib belgilandi.
Şuningdek, «Özbekfilm» milliy kino brendini yaratiş va ommalaştiriş, kino loyihalarini moliyalaştiriş, filmlar işlab çiqariş hamda mualliflik huquqini himoya qiliş tizimini takomillaştiriş közda tutilgan.
Farmon bilan Madaniyat vazirligi muassisligida «Özbekfilm» milliy kinokompaniyasi taşkil etiladi. Şu bilan birga, vazirlikning «Qoraqalpoqfilm» davlat muassasasi negizida Milliy kinokompaniya va Qoraqalpoğiston Respublikasi Madaniyat vazirligi muassisligida «Qoraqalpoqfilm» masʼuliyati çeklangan jamiyati tuziladi.
Bundan taşqari, Fanlar akademiyasi Sanʼatşunoslik instituti va bir guruh kinoijodkorlar iştirokida Kinoşunoslar klubi taşkil etiladi.
Özbekiston kino arboblari ijodiy uyuşmasi hamda Özbekiston kino sanoati vakillari uyuşmasini qöşib yuboriş orqali Özbekiston kino sohasi vakillari palatasi taşkil etilişi belgilangan. Toşkent şahrida bolalar kinoijodkorligi maktabi va platformasi ham yölga qöyiladi.
Madaniyat vazirligi markaziy apparati tuzilmasida Kino sanʼati departamenti taşkil etiladi.
Milliy yuksaliş ğoyasiga xizmat qiladigan, mamlakatning boy tarixi va zamonaviy yutuqlarini jahon ekranlarida namoyiş etişga qaratilgan alohida ahamiyatga ega filmlarga Milliy kinokompaniya taklifi asosida Madaniyat vazirligi tomonidan «Umummilliy kinoloyiha» maqomi beriladi.
Farmonga köra, 2028-yil 1-yanvarga qadar Kinoçiptalarning yagona axborot tizimi hamda «Özbekfilm» milliy onlayn kinoplatformasi işlab çiqiladi va amaliyotga joriy etiladi.
2028-yil 1-yanvardan boşlab:
- Davlat mablağlari hisobidan yaratilgan barça filmlar va davlat arxivlarida saqlanayotgan kino merosi obyektlari Kinoplatforma bazasiga bepul va majburiy tartibda raqamli formatda taqdim etiladi.
- Xususiy kinostudiyalar va mualliflarning filmlari platformaga şartnoma asosida joylaştiriladi.
- Mamlakatdagi barça kinoteatrlar va kino namoyişi bilan şuğullanuvçi taşkilotlar Kinoçiptalarning yagona axborot tizimiga majburiy tartibda integratsiya qilinadi.
- Har bir kinoseans, sotilgan çiptalar va tuşumlar töğrisida real vaqt rejimida avtomatlaştirilgan maʼlumot almaşinuvi yölga qöyiladi.
Mazkur özgarişlar kinematografiya sohasida yagona boşqaruv va raqamli hisob tizimini şakllantiriş, milliy kino mahsulotlarini tarğib qiliş hamda özbek kino sanʼatining xalqaro maydondagi iştirokini kengaytirişga qaratilgan.