Respublika taʼlim markazi va «TRANSFORMERS Education» oʻquv markazi hamkorlikda Texnologiya fani oʻqituvchilarining mexatronika-robototexnika boʻyicha bilim va koʻnikmalari oshirish maqsadida bepul 3 oylik “Mexatronika – robototexnika” onlayn oʻquv kursini oʻqitish dasturini ishlab chiqqani haqida xabar berilgan edi.
Oʻquv kursini tashkil etish yuzasidan oʻtkazilgan soʻrovnoma natijalariga koʻra, 75% Texnologiya fani oʻqituvchilari onlayn kurslar tashkil etish taklifini bildirgan.
Koʻp sonli oʻqituvchilar takliflarini inobatga olgan holda, “Mexatronika – robototexnika” onlayn oʻquv kursiga start berildi.
Onlayn oʻquv kursiga roʻyxatdan oʻtish uchun quyidagi manzilga murojaat qiling: @RTM_Texnologiya_malaka_oshirish
Roʻyxatga olish 25-noyabr kuniga qadar davom etadi.
Oʻquv kursining birinchi darsi Texnologiya fanining maqsad vazifalariga bagʻishlangan ochiq dars tarzida oʻtkaziladi. Soʻng dars oluvchilar telegram ijtimoiy tarmogʻida maxsus guruhlarga boʻlingan holda, Zoom platformasi orqali oʻquvlarni davom ettiradilar. Darslar platformalarda ishtirokchilar bilan ikki tomonlama aloqa oʻrnatilib, zarur savollarga munosabat bildirilgan holda tashkil etiladi.
3 oylik bepul “Mexatronika – robototexnika” onlayn oʻquv kursi tashkil etilmoqda
Bu haqda Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika taʼlim markazi maʼlum qildi.
Xorijiy davlatlarga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi
- Toshkentdan Buyuk Britaniyaning Manchester shahriga to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish masalasi ko‘rib chiqilmoqda
- Ekologik ekspertiza endi ekologik xavflarni oldindan boshqarish tizimiga aylanadi
- Dam olish kunlari Oʻzbekistonda havo 42 darajagacha isiydi
- Oltoy Respublikasidan O‘zbekistonga 30 ming boshga yaqin qoramol yetkazib berildi
- Mahalla bankiri: raqamlar ortidagi insonlar taqdiri
Yangi o‘quv yilidan maktablarda dars soatlarini taqsimlash tartibi o‘zgartiriladi
- Bugun 2026/2027-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari to‘liq yakunlanadi
- "Alisher Navoiy" hamda "Paxtakor" metro bekatlari oralig‘idagi eskalatorlardan biri yo‘lovchilar uchun foydalanishga qayta topshiriladi
- Ahadjon Kimsanboyev shaxmat bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
- Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilariga milliy sertifikat berish bo‘yicha imtihonlarni o‘tkazish tartibi belgilandi
- Oʻzbekiston Prezidenti Ozarbayjon bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini taʼkidladi