Taʼlim va ilm-fan vazirligining maʼlum qilişiça, maktabga tayyorlov maşğulotlari boğçalarda va maktablarning böş sinfxonalarida ötkaziladi. Olis hududlarda bunday muassasalar mavjud bölmasa, muqobil binolardan foydalaniladi.
Tayyorlov guruhlaridagi maşğulotlarni oliy maʼlumotli pedagog-tarbiyaçilar yoki oliy taʼlim muassasalarining maktabgaça taʼlim yönalişida tahsil olayotgan bitiruvçi kurs talabalari olib boradi.
Keltirilgan maʼlumotlarga köra, hozirda 6 yoşli bolalarning 98 foizi — 726 921 nafari maktabga tayyorlov bilan qamrab olingan.
Ularning 489 172 nafari (66,2 foiz) boğçalarda, 19 910 nafari (2,7 foiz) qisqa muddatli guruhlarda, 2 836 nafari (0,4 foiz) mobil guruhlarda, 215 003 nafari (29,1 foiz) esa maktablardagi böş sinfxonalarda tayyorgarlikdan ötmoqda.