Eng ko‘p talab qilingan xizmat esa avtotransport boshqaruvi uchun elektron ishonchnoma rasmiylashtirish bo‘lib, unga 1,04 mln marta murojaat qilingan.
Avtotransport bilan bog‘liq davlat xizmatlari aholi orasida raqamli formatda eng ko‘p foydalanilayotgan yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolmoqda.
Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yil davomida avtotransportga oid davlat xizmatlari bo‘yicha my.gov.uz orqali 2,3 mln, mobil ilova orqali esa 301 mingta ariza berilgan.
Eng ko‘p talab qilingan xizmatlar quyidagicha:
- Avtotransport boshqaruvi uchun jismoniy shaxslarga elektron ishonchnoma — 1,04 mln ariza;
- Avtotransport vositalari oyna tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma — 898 ming ariza;
- Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni boshqa shaxsga o‘tkazish — 412 ming ariza;
- Avtotransport vositasiga ekologik stiker olish — 251 ming ariza;
- Haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish — 33 ming ariza.
Shunday qilib, avtotransport boshqaruvi uchun elektron ishonchnoma eng ko‘p murojaat qilingan xizmat bo‘lgan. Uning ortidan avtomobil oynasini qoraytirishga ruxsatnoma olish xizmati kelmoqda.
Qaysi oylarda murojaatlar ko‘p bo‘lgan?
Arizalar oqimi yil davomida bir xil bo‘lmagan. Eng yuqori ko‘rsatkichlar:
- yanvar — 580 mingta;
- aprel — 450 mingta;
- iyun — 352 mingta.
Arizalar hududlar kesimida
Avtotransportga oid davlat xizmatlaridan foydalanishda hududlar o‘rtasida ham sezilarli farq bor.
Eng ko‘p ariza Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelgan — 838 mingta.
Keyingi o‘rinlarda:
- Toshkent viloyati — 247 mingta;
- Samarqand viloyati — 251 mingta;
- Farg‘ona viloyati — 218 mingta;
- Andijon viloyati — 209 mingta;
- Namangan viloyati — 174 mingta;
- Qashqadaryo viloyati — 128 mingta;
- Buxoro viloyati — 119 mingta;
- Surxondaryo viloyati — 98 mingta;
- Jizzax viloyati — 84 mingta;
- Xorazm viloyati — 79 mingta;
- Navoiy viloyati — 66 mingta;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 64 mingta;
- Sirdaryo viloyati — 60 mingta.
Keltirilgan ma’lumotlar aholining avtotransportga oid davlat xizmatlarini onlayn olishga bo‘lgan talabi yuqori ekanini ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, elektron ishonchnoma, tonirovkaga ruxsatnoma va yo‘l harakati qoidalari buzilganda javobgarlikni boshqa shaxsga o‘tkazish kabi xizmatlarga talab yuqori.