Bu 2026-yil 2-noyabrda imzolangan ÖRQ–1186-sonli Qonunda belgilangan. Hujjat bilan Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeks yangi 101¹-modda bilan töldirildi.

Unga köra, suyultirilgan uglevodorod gazini isteʼmolçilarga avtomobillarga gaz quyiş şoxobçalari tomonidan maişiy gaz ballonlarida beriş qonunbuzarlik hisoblanadi. Bu talabni buzganlik uçun BHMning 3 baravaridan 5 baravarigaça jarima belgilangan.

Qonun bilan yonğin xavfsizligi sohasidagi boşqa talablar ham kuçaytirilmoqda.

Jumladan, bozorlar, savdo komplekslari va savdo-köngiloçar markazlari mulkdorlari yonğin natijasida uçinçi şaxslarning hayoti yoki soğliğiga zarar yetkazilganlik uçun fuqarolik javobgarligini, şuningdek, obyektlarni yonğindan majburiy suğurta qiliş böyiça majburiyatni bajarişi şart. Bu talabni buzgan mansabdor şaxslarga BHMning 75 baravaridan 100 baravarigaça jarima solinişi mumkin.

Şuningdek, yonğin auditini ötkaziş tartibini buzganlik uçun fuqarolarga BHMning 15 baravari, mansabdor şaxslarga esa 30 baravari miqdorida jarima belgilandi.

Yangi qonunga muvofiq, binolar va inşootlar yonğin xavfi darajasiga qarab guruhlarga ajratiladi. Ularning faoliyatini tekşiriş davriyligi ham şu guruhlarga boğliq böladi. Ayrim obyektlar yiliga bir marta, boşqalari esa ikki yoki uç yilda köpi bilan bir marta tekşiriladi.

Bundan taşqari, yonğin xavfsizligi talablari buzilişi natijasida inson hayoti yoki soğliğiga zarar yetkazilgan taqdirda, aybdor şaxsdan zararni qoplaş bilan birga tovon ham undirilişi mumkin. Inson vafot etgan holatda tovon miqdori BHMning 3000 baravarigaça, I guruh nogironligi yuzaga kelganda 1500 baravarigaça, soğliqqa boşqaça şikast yetkazilganda esa 600 baravarigaça belgilanişi mumkin.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uç oy ötgaç kuçga kiradi.