Joriy yilning birinchi yarmida viloyat iqtisodiyoti 8,8 foiz, sanoat 9,2 foiz, xizmatlar 16,1 foiz, investitsiyalar 8,9 foizga oʻsgani qayd etildi.
– Bizga oʻsishdagi raqamlar emas, balki har bir koʻrsatkich har bir oilaning kundalik hayotiga qanday oʻzgarish olib kirgani muhim, – dedi davlatimiz rahbari.
Andijonda yer va tabiiy boyliklar cheklangan boʻlsada, harakatchan aholi, kuchli tadbirkorlik ruhi, koʻp sonli yoshlar, sanoat maktabi va katta bozor kabi imkoniyatlar borligi taʼkidlandi.
Soʻnggi oʻn yilda viloyatga respublika budjetidan 20 trillion soʻm, banklar tomonidan tadbirkorlik uchun 90 trillion soʻm yoʻnaltirildi. Birgina joriy yilda aholi farovonligini oshirishga 6 trillion soʻm ajratildi.
Hokimlarga berilgan vakolatlar va yaratilgan moliyaviy imkoniyatlar shunga munosib natijaga aylanishi zarurligi koʻrsatib oʻtildi.