Bu haqida Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, Sirdaryo tumanidagi “S.U.” fermer xoʻjaligi mas’ul shaxslari “Sindorobod” va “Xalqobod” SIU hududlaridagi yer maydonida suv nasoslarini elektr tarmogʻiga tijorat maqsadida oʻzboshimchalik bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ulab, 1,1 milliard soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Davlatobod tumanida “S.G.” MCHJ rahbari S.G. savdo kompleksida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga tijorat maqsadida oʻzboshimchalik bilan ulanib, 558,6 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Toshkent shahrining Olmazor tumanida “G.B.” MCHJ mas’ul shaxslari va boshqalar “Beruniy” koʻchasidagi koʻp qavatli uylarda umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga tijorat maqsadida oʻzboshimchalik bilan ulanib, 272,6 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Shuningdek, Oʻzbekiston tumanida “T.M.” fermer xoʻjaligi mas’ul shaxslari suv nasosini elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ulab, 217,8 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Uchqoʻrgʻon tumanida fuqaro I.N. baliqchilik xoʻjaligida elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ulanib, 112 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Xoʻjayli tumanida “P.M.” MCHJ mas’ul shaxslari gʻisht ishlab chiqarish zavodida elektr tarmogʻiga tijorat maqsadida oʻzboshimchalik bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ulab, 103,6 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Namangan shahrida esa fuqaro M.Yu. “Shodlik” MFY hududidagi xonadonida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga tijorat maqsadida oʻzboshimchalik bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ulab, 100,1 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.