Bu boʻyicha Prezidentning “Yangi Oʻzbekiston yoshlari – 2030” strategiyasini 2026–2027-yillarda amalga oshirish hamda yoshlar bandligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori (PQ–148-son, 20.04.2026-y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra:

  • mahalliy va xorijiy ekspertlar (konsultantlar) hamda xususiy sektor bilan shartnoma asosida hamkorlik qilinadi, “Yangi avlod tadbirkorlari” dasturi doirasida oʻqitish uchun yoshlar saralab olinadi;
  • Dasturi doirasida biznes loyihasini ishlab chiqish, sotuvga chiqish va bozorni kengaytirish kabi yoʻnalishlarni qamrab oluvchi tadbirkorlik asoslari boʻyicha bilimlar berib boriladi;
  • loyiha yakunida yoshlarning bilimlari sinovdan oʻtkazilib, ijobiy oʻzlashtirish koʻrsatkichlariga erishgan eng yaxshi 1 ming nafar yoshlarga Yoshlar ishlari agentligining sertifikati beriladi;
  • sertifikatga ega boʻlgan yoshlarga BHMning 500 baravarigacha miqdorda Markaziy bank asosiy stavkasining 50 foizi miqdoridagi foiz stavkasida 6 oylik imtiyozli davr bilan 3-yilgacha muddatga ssuda ajratiladi.

2026-yil 1-avgustdan tuman fermerlari kengashlari huzuridagi Fermer xoʻjaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazlari tomonidan boshligʻi yoshlar boʻlgan yangi tashkil etilgan fermer xoʻjaliklariga aʼzolik badallari toʻlanganligi hamda paxta va gʻalla yetishtirishidan qatʼi nazar 2-yil davomida bepul xizmat koʻrsatiladi.

2026-yil 1-iyuldan yoshlar tashkil etgan tadbirkorlarni muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga (elektr energiyasi, ichimlik suvi va oqova suv tarmogʻi) ulash bilan bogʻliq davlat xizmatlari xarajatlarining koʻpi bilan BHMning 10 baravarigacha boʻlgan qismi qoplab beriladi.