Mutasaddilarga bir oyda «karbon kredit» mexanizmini Qoraqalpog‘istonda yo‘lga qo‘yish, Yaponiya, Koreya, AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya va Avstraliya kabi yirik importyor davlatlar bilan muzokaralar o‘tkazish topshirildi.

«Karbon kredit» eksportidan tushadigan mablag‘lar infratuzilma uchun ajratilayotgan mablag‘larga qo‘shimcha bo‘ladi va Qoraqalpog‘istonning o‘zida qoladi.

Yirik xorijiy kompaniyalar «o‘rmon karbon krediti» tizimi orqali ekologik vaziyati og‘ir hududlarda daraxt ekishni moliyalashtirish bo‘yicha takliflar bildirmoqda.

Yil yakunigacha Orolning 50 ming gektar maydonida «o‘rmon karbon krediti» dasturini boshlash vazifasi qo‘yildi.