Videotasvir yuzasidan YHTEM munosabat berdi.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan oʻsha vaqtning oʻzida, shuningdek, 2025-yilda ham rasmiy izoh berilgan.

Ayni paytda YHTEM Situatsion markazi mutaxassislari poytaxtdagi transport vaziyatini real vaqt rejimida muntazam monitoring qilib bormoqda. Bunda nafaqat avtomobil yoʻllaridagi harakat, balki shaharning umumiy transport tizimi, jumladan, jamoat transporti va metropolitendagi holat ham doimiy kuzatiladi.

Situatsion markaz shahardagi transport holatini uzluksiz nazorat qilib, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan vaziyatlarga tezkor munosabat bildirmoqda.

Fuqarolar va axborot resurslari vakillaridan turli materiallarni tarqatishdan oldin ularning sanasi, mazmuni va haqqoniyligini tekshirish hamda rasmiy va ishonchli manbalarga tayanish soʻraldi.