Qayd etilishicha, inflyatsiya pasayishda davom etmoqda. Xususan, avgust oyida umumiy inflyatsiya 6,2 foizni, bazaviy inflyatsiya esa 5,5 foizni tashkil etgan.
Iqtisodiyotda ayrim muvozanatlashuv belgilari kuzatilayotgan bo‘lsa-da, inflyatsion bosimlar hanuz saqlanib qolmoqda.
Jumladan, inflyatsion kutilmalarning pasayishi umumiy inflyatsiyaga nisbatan sekinroq kechmoqda. Shuningdek, jahon xomashyo, oziq-ovqat va energiya narxlarining yuqori darajasi hamda tartibga solinadigan narxlarni liberallashtirish jarayoni asosiy inflyatsion xavflar sifatida baholanmoqda.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, ijobiy real foiz stavkalari aholiyning jamg‘arishga bo‘lgan moyilligini qo‘llab-quvvatlamoqda.
Markaziy bank inflyatsiyani 2027 yil yakuniga qadar 5 foizlik maqsadli ko‘rsatkichga tushirish uchun zarur pul-kredit sharoitlarini ta’minlashda davom etadi.
Asosiy stavkani qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha navbatdagi yig‘ilish 2026 yil 28 oktyabrda o‘tkaziladi.