Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov boshchiligidagi delegatsiyaning Belarus Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida tashkil etilgan “Savdo uylarida” to‘qimachilik va trikotaj mahsulotlarining ko‘rgazma-savdosi yo‘lga qo‘yildi.

Xususan, “Art soft home” kompaniyasining eksport mahsulotlari namoyish etildi.


Ochilish marosimida Minsk shahar ijroiya qo‘mitasi, tegishli vazirlik va idoralar hamda hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Yangi “Savdo uylaridan” Namangan korxonalari mahsulotlarini Belarus bozorida targ‘ib qilish va ikki hudud o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratadi.