- yer bilan bogʻliq;
- binolar va inshootlarga egalik huquqini belgilash;
- budjet tizimi byudjetlaridan hamda davlat organlaridan, tashkilotlaridan va muassasalaridan, davlat ishtirokidagi korxonalardan, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan pul mablagʻlarini undirish.
Shuningdek, Hakamlik sudyalari Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan maxsus dastur asosida oʻquv kursidan oʻtishi hamda oʻz bilimlarini va kasbiy malakasini doimiy ravishda oshirib borishi kerakligi koʻzda tutildi.
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, hakamlik sudlarini qonunga xilof ravishda tashkil etish – mansabdor shaxslarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻlishi belgilandi.
Davlat organlari, tashkilotlari va muassasalari, davlat ishtirokidagi korxonalar, shuningdek fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining hakamlik bitimi taraflari boʻlishi, basharti jinoyat alomatlari mavjud boʻlmasa – mansabdor shaxslarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻlishi belgilandi.