Maʼlum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning tuman boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subʼyektlari huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda qonunbuzarlik holati fosh etilgan.

Aniqlanishicha, tijorat bankining sobiq bosh mutaxassisi R.M. «D.Dfermer xoʻjaligining kredit qarzdorligini qoplash uchun olingan 6 000 AQSH dollarini bankka kirim qilmagan. U pulni oʻz ehtiyojlari uchun sarflab, tadbirkorga esa soxta kvitansiyalar taqdim etgan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish va ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.