Loyiha 50 ming aholiga möljallangan bölib, unda zamonaviy turar joylar, savdo va biznes markazlari, mehmonxonalar hamda yaşil hududlar taşkil etiladi.

Bu Prezidentning 2026-yil 5-noyabrdagi «Qoraqalpoğiston Respublikasida olib borilayotgan islohotlarni yanada jadallaştirişga qaratilgan çora-tadbirlar töğrisida»gi PQ–393-son qarorida belgilangan.

Qarorga muvofiq, «Nukus city» Nukus şahridagi Jolşilar mahallasi Aşşiköl hududida barpo etiladi. Loyihada ilğor arxitektura yeçimlari va energiya tejamkor texnologiyalardan foydalaniladi.

Bunda «Yangi Toşkent» loyihasini amalga oşiriş tajribasi inobatga olinib, xorijiy taşkilotlar tavsiyalari asosida zamonaviy va kreativ boş reja işlab çiqiladi.

Yangi şaharçada «aqlli şahar» (smart city) yeçimlarini qamrab olgan quyidagi obyektlar joylaştiriladi:

  • zamonaviy köp kvartirali turar joylar;
  • savdo va biznes markazlari;
  • mehmonxonalar;
  • parklar va yaşil hududlar;
  • favvoralar va sport maydonçalari;
  • ijtimoiy soha muassasalari hamda boşqa infratuzilma obyektlari.

Qoraqalpoğistonni rivojlantiriş böyiça 2027-yilga möljallangan maqsadlar

Qaror bilan hududni yuqori va barqaror iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantiriş böyiça qator körsatkiçlar belgilandi.

Xususan, 2027-yilda:

  • yalpi hududiy mahsulot hajmini 8 foizga;
  • sanoat mahsulotlari işlab çiqarişni 7 foizga;
  • bozor xizmatlarini 17 foizga;
  • qişloq xöjaligi mahsulotlari işlab çiqarişni 5 foizga;
  • quriliş işlarini 13 foizga oşiriş rejalaştirilgan.

Şuningdek, eksport hajmini 550 million dollarga, jami investitsiyalar hajmini esa ikki baravarga oşirib, 5 milliard dollarga yetkaziş belgilangan.

Bundan taşqari, birinçi bosqiçda past daromadli 125 ming oiladagi 513 ming nafar aholini yuqori daromadli iş örinlariga joylaştiriş közda tutilgan.