O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining navbatdagi Hay’atida “Filologiya, psixologiya va pedagogika fanlari”, “Tibbiyot fanlari”, “Iqtisodiyot va huquq fanlari”, “Qishloq xo‘jaligi, veterinariya va atrof-muhitni muhofaza qilish fanlari”, Texnika fanlari bo‘yicha ilmiy-texnik kengashlar tomonidan moliyalashtirishga tavsiya etilgan 17 ta tematik loyihalar ko‘rib chiqildi. Yig‘ilishda loyihalar tanlovlari natijalariga ko‘ra moliyalashtirishga tavsiya etilgan amaliy va innovatsion loyihalar muhokama etildi. Muhokamada har bir loyiha alohida ko‘rilib, Hay’at raisi va a’zolarining savollariga loyihani himoya qilayotgan tegishli ilmiy texnik kengash raisi yoki raisi o‘rinbosari javob berdi. Har bir loyiha alohida ovoz berish yo‘li bilan tasdiqlandi yoki rad etildi.
Yig‘ilish yakuniga ko‘ra jami 17 ta loyihadan 4 tasi moliyalashtirishga tavsiya etildi, shulardan 1 tasi amaliy, 3tasi innovatsion loyihalardir. Qolgan 14 ta loyiha qayta ishlash va takomillashtirish uchun tegishli ilmiy-texnik kengashlarga qaytarildi.
Shunday qilib, “Olima ayollar grantlari” tashabbuskor innovatsion loyihalar tanlovi natijalariga ko‘ra Toshkent moliya instituti tomonidan taqdim etilgan bajarilishi 3 yilga mo‘ljallangan “O‘zbekistonda sug‘urta faoliyatini raqamlashtirish va aqlli sug‘urta texnologiyalarini yaratish” amaliy loyiha yillik 500 million so‘m miqdorida moliyalashtirishga tavsiya etildi.
Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy amaliy akusherlik va ginekologiya tibbiyot markazi davlat muassasasining homilador ayolda endotelial tizimining ko‘rsatkichlarini hisobga olgan xolda homila yo‘qotish sindromini rivojlanish xavfini erta tashxislashni ishlab chiqishga qaratilgan innovatsion loyihasiga yillik 899,9 million so‘m miqdorida mablag‘ ajratilishi tasdiqlandi. “Kremniyli suvlari asosida yangi avlodli dori vositalarining parafarmatsevtik mahsulotlarini ishlab chiqish” loyihasiga yillik 698,2 million so‘m taqdim etiladi. Bu loyihani Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ilmiy jamoasi taqdim etgan. Shuningdek, surunkali yurak yetishmovchiligi bilan xastalangan bemorlarda buyrak disfunksiyasini erta aniqlash hamda prognozlash uchun raqamli dasturiy mahsulot va mobil ilova yaratishga yillik 500,0 million so‘m miqdorida mablag‘ beriladi. Mazkur uchta loyiha ikki yil davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Olima ayollarning umumiy 5,5 milliard so‘mlik to‘rtta ilmiy loyihasi moliyalashtirishga tavsiya etildi
Jami 17 ta loyihadan 4 tasi moliyalashtirishga tavsiya etildi, shulardan 1 tasi amaliy, 3tasi innovatsion loyihalardir. Qolgan 14 ta loyiha qayta ishlash va takomillashtirish uchun tegishli ilmiy-texnik kengashlarga qaytarildi.
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki nafar shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
- Hindistonda An-32 samolyoti halokatga uchradi, oqibatda besh kishi hayotdan ko‘z yumdi
- O‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlarga ega talabalarga maksimal ball beriladi
- O‘zbekistonda sport bilan kim ko‘proq shug‘ullanadi: ayollarmi yoki erkaklar?
- Toshkentda Sankt-Peterburg ishbilarmonlik markazi ochiladi
- O‘zbekistonda tibbiyot xodimlari uchun ingliz tilini o‘rgatish bo‘yicha maxsus markaz ochiladi
Qurbon hayiti namozi o‘qiladigan vaqtlar e’lon qilindi
- O‘zbekiston milliy jamoasining JCh-2026 uchun tarkibi e’lon qilindi
- Prezidentimiz maishiy va avtomobil kimyo mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonada bo‘ldi
- Sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha qaysi davlatlar yetakchilik qilmoqda?
- Kitobda 9 yoshli bolanı qutqargan FVV xodimi «Aʼlo xizmatlari uchun» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
- Kichik va oʻrta biznes uchun moliyaviy xizmatlar ommabopligi oshiriladi