O‘zbekistonning nufuzli delegatsiyasi tarkibidan senatorlar, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari o‘rin oladi.

Sessiyaning asosiy mavzusi inklyuzivlik, ishonch va teng imkoniyatlar orqali yaxshi boshqaruvni mustahkamlash va jamoalarning imkoniyatlarini kengaytirish bo‘lishi rejalashtirilmoqda. Shuningdek, ushbu sessiya doirasida Parlamentlararo Ittifoqning yangi prezidenti uch yillik muddatga saylanadi.

Eslatib o‘tamiz, 2026-yil aprel oyida Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi delegatsiya Istanbul shahrida bo‘lib o‘tgan Parlamentlararo ittifoq Assambleyasining 152-sessiyasida ishtirok etgan edi.