Prognoz natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda tug‘ilishlar soni kelgusi yillarda o‘sishda davom etadi.

2030-yilda — 892,7 ming nafar

2040-yilda — 1 016,1 ming nafar

2050-yilda — 1 234,1 ming nafar

Shu tariqa, 2050-yilga kelib tug‘ilishlar soni 2025-yilga nisbatan 354,5 ming kishiga yoki 40,3 foizga ko‘payishi prognoz qilinmoqda.

Hududlar kesimida eng yuqori o‘sish sur’atlari:

Toshkent viloyati — 62,0 %

Toshkent shahri — 61,0 %

Andijon viloyati — 48,6 %

Samarqand viloyati — 43,3 %

Namangan viloyati — 42,4 %

Tug‘ilishning umumiy koeffisiyenti bo‘yicha esa o‘rta muddatda biroz pasayish, keyinchalik barqaror o‘sish tendensiyasi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha ushbu ko‘rsatkich 2030-yilda 21,2 promille, 2040-yilda 20,8 promille, 2050-yilda esa 21,9 promilleni tashkil etishi prognoz qilingan.

2050-yilda tug‘ilish koeffisiyenti eng yuqori bo‘lishi kutilayotgan hududlar:

Surxondaryo viloyati — 24,7 promille

Qashqadaryo viloyati — 23,8 promille

Namangan viloyati — 23,1 promille

Samarqand viloyati — 23,1 promille

Andijon viloyati — 22,9 promille

Toshkent shahri — 22,3 promille

Tug‘ilishlar sonining prognoz qilinayotgan o‘sishi kelgusi yillarda ta’lim, sog‘liqni saqlash, maktabgacha ta’lim, uy-joy, ijtimoiy xizmatlar va mehnat bozori infratuzilmasiga bo‘lgan ehtiyojni ham oshiradi.

Shu nuqtai nazardan, demografik o‘zgarishlarni oldindan baholash davlat resurslarini samarali taqsimlash, hududlarni kompleks rivojlantirish va inson kapitaliga investitsiyalarni strategik rejalashtirish imkonini beradi.