Taklif etilayotgan chegara o‘zgartirishlariga muvofiq, Jarqo‘rg‘on tumanidan 4 740 gektar yer maydonini Qiziriq tumani tarkibiga o‘tkazish nazarda tutilmoqda.

Bu tumanlarni iqtisodiy jihatdan boshqarish, 731 ta oilada istiqomat qiluvchi 4 230 nafar aholining turmush sharoitlarini yanada yaxshilash, ularni ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga zamin yaratadi. Qishloq xo‘jaligi, ayniqsa, chorvachilikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, Qiziriq tumanini ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirishga xizmat qiladi.

Chegaralarga o‘zgarishlar kiritish masalasi tegishli mahalla fuqarolar yig‘inlari, xalq deputatlari Qiziriq va Jarqo‘rg‘on tumanlari Kengashlari hamda viloyat Kengashida muhokama qilinib, chegaralarning kartografik chizmasi va chegaralar chizig‘ining tasnifi ma’qullangan.