“Qoraqalpoğiston Respublikasida olib borilayotgan islohotlarni yanada jadallaştirişga qaratilgan çora-tadbirlar töğrisida”gi Prezident qaroriga muvofiq, kompaniya «Xalq banki» ATB hamda «Özagrostar xolding» kompaniyasi taʼsisçiligida faoliyat yuritadi.
Yangi kompaniya çöl-yaylov ösimliklari uruğlarini granulalaş, kapsulalaş va uçuvçisiz uçiş apparatlari (dronlar) yordamida ekiş işlarini amalga oşiradi.
Buning uçun:
- 10 ta dron, ularni taşişga möljallangan maxsus avtotransport vositalari va 2 ta granulyator xarid qilinadi;
- mutaxassislar dronlarni boşqariş va ulardan samarali foydalaniş böyiça maxsus kurslarda öqitiladi;
- 2030-yil yakuniga qadar 100 ming gektar yaylov maydonida qandim, çerkez, çoğon, baliqköz, donaşör, şuvoq, izen va boşqa çöl-yaylov şaroitiga mos ösimliklar uruğlari dronlar yordamida ekiladi.
Qarorda Qoraqalpoğiston Respublikasida 2022-yil 1-yanvardan 2023-yil 15-aprelgaça oçiq elektron tanlovlar orqali ijaraga berilgan qişloq xöjaligiga möljallangan yer uçastkalari böyiça ham yengillik belgilangan.
Unga köra, qöşimça tölovlar miqdori yer uçastkasining normativ qiymatidan 4 baravar va undan yuqori bölgan ijaraçilarga uşbu tölovni normativ qiymatning 1 baravari miqdorida 3 yil davomida foizsiz bölib tölaşga ruxsat beriladi.
“Qoraqalpoğiston Respublikasida olib borilayotgan islohotlarni yanada jadallaştirişga qaratilgan çora-tadbirlar töğrisida”gi Prezident qarori