Murojaatlarni körib çiqiş natijasida isteʼmolçilar foydasiga qariyb 14,5 mlrd sömlik mablağ qayta hisob-kitob qilinişi taʼminlandi.
Mazkur murojaatlar asosida quyidagi hududlarning turar joy qurilişida uluşli iştirok etiş böyiça 132 ta quruvçi taşkilotning şartnomalari tahlil qilindi:
Toşkent şahar - 17 ta;
Namangan viloyati - 15 ta;
Navoiy viloyati - 15 ta;
Toşkent viloyati - 15 ta;
Buxoro viloyati - 13 ta;
Surxondaryo viloyati - 13 ta;
Farğona viloyati - 10 ta;
Xorazm viloyati - 10 ta;
Andijon viloyati - 9 ta;
Sirdaryo viloyati - 8 ta;
Jizzax viloyati - 4 ta;
Qaşqadaryo viloyati - 3 ta.
Şartnomalar tahlillarida quyidagi kamçiliklar aniqlandi:
77,3 foiz şartnomada şartnoma bekor qilinganda tölangan mablağni qaytariş muddati belgilanmagan yoki u dastlabki tölov muddatiga muvofiq emas;
63,6 foiz şartnomada xonadon qabul qilib olingandan keyingi kafolat muddati belgilanmagan;
59,1 foiz şartnoma faqat quruvçining manfaatlarini közlab tuzilgan;
54,5 foiz şartnomada kafolat muddati davomida aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etiş majburiyati nazarda tutilmagan;
50,8 foiz şartnomada qurilişni yakunlaş muddati keçiktirilgani uçun quruvçi tölaydigan neustoyka (penya) belgilanmagan;
33,3 foiz şartnomada quriliş obyektini topşirişning aniq muddati körsatilmagan;
30,3 foiz şartnoma davlat tilida emas, rus tilida tuzilgan;
49,2 foiz şartnomada isteʼmolçilar huquqlarini kamsituvçi boşqa şartlar mavjud.
Şuningdek, tahlillar davomida şartnomalarda isteʼmolçi taşabbusi bilan şartnoma bekor qilinganda tölangan mablağning 4–15 foizini uşlab qoliş, pulni xonadon qayta sotilgandan keyingina qaytariş, narxni bir tomonlama oşiriş va xaridorga nisbatan yuqori penya belgilaş kabi isteʼmolçi huquqlarini çeklovçi şartlar aniqlandi.
Qömita örganiş natijalaridan kelib çiqib,aniqlangan kamçiliklar yuzasidan tegişli Instansiyalarga takliflar kiritdi.
Hurmatli fuqarolar!
Köp kvartirali uydan xonadon sotib olişda şartnomani imzolaşdan oldin uni diqqat bilan örganing va huquqşunos bilan maslahatlaşing.
Qonunga zid yoki huquqlaringizni çeklovçi şartlar aniqlansa, vakolatli davlat organlari yoki sudga murojaat qiling.
Yodda tuting, şartnomani puxta örganiş — huquq va manfaatlaringizni himoya qiliş garovidir!