2-noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 17:30 da yangi “Air Samarkand” mahalliy aviakompaniyasining birinchi samolyoti Samarqand xalqaro aeroportiga kelib qoʻndi. 277 ta ekonom va 36 ta biznes-klassda oʻrindiqlarga ega Airbus A330-300 samolyoti anʼanaviy tarzda suv arkasi bilan kutib olindi.
Yaqin kunlarda samolyotlar parki ikkinchi — oʻrta masofali Airbus A321 bilan toʻldiriladi. 2023-yil oxiriga qadar kompaniya 5 tagacha samolyotni qabul qilib, foydalanishga topshirishni rejalashtirmoqda. Kuz-qish mavsumida aviatashuvchi Samarqanddan qator xorijiy yoʻnalishlarga, jumladan, Janubi-Sharqiy Osiyo, Yaqin Sharq, Turkiya va Xitoy shaharlariga muntazam va charter reyslarini yoʻlga qoʻyishni rejalashtirmoqda.
“Air Samarkand” 2022-yilda tashkil etilgan Oʻzbekiston aviakompaniyasi boʻlib, bosh qarorgohi Samarqand shahrida joylashgan.
Samarqand xalqaro aeroportida “Air Samarkand” aviakompaniyasining ilk samolyoti kutib olindi
Airbus 277 ta ekonom va 36 ta biznes-klass oʻrindiqlarga ega.
Oʻzbekiston Prezidenti Malayziya Bosh vaziri bilan uchrashuv oʻtkazdi
- Jaloliddin Masharipov Jahon chempionatini o‘tkazib yuboradi
- Oʻzbekistonning tarixiy yutugʻi sharafiga maxsus esdalik tangalari muomalaga chiqariladi
- Toshkentda maktab o‘quvchilari ishtirokidagi jinoyiy guruh qo‘lga olindi
- Toshkent xalqaro investitsiya forumi munosabati bilan yuk tashuvchi transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi
- Oʻzbekiston Prezidenti Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi bilan uchrashuv oʻtkazdi
Prezidentimiz maishiy va avtomobil kimyo mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonada bo‘ldi
- Kimyo sanoatini jadal rivojlantirish vazifalari belgilandi
- Oʻzbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Rossiyada boʻladi
- Oʻzbekiston terma jamoasi ertaga Kanadaga qarshi oq libosda maydonga tushadi
- Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻistonga keldi
- Katta Farg‘ona kanalida timsohlar borligi haqidagi xabarlar rad etildi