2-noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 17:30 da yangi “Air Samarkand” mahalliy aviakompaniyasining birinchi samolyoti Samarqand xalqaro aeroportiga kelib qoʻndi. 277 ta ekonom va 36 ta biznes-klassda oʻrindiqlarga ega Airbus A330-300 samolyoti anʼanaviy tarzda suv arkasi bilan kutib olindi.
Yaqin kunlarda samolyotlar parki ikkinchi — oʻrta masofali Airbus A321 bilan toʻldiriladi. 2023-yil oxiriga qadar kompaniya 5 tagacha samolyotni qabul qilib, foydalanishga topshirishni rejalashtirmoqda. Kuz-qish mavsumida aviatashuvchi Samarqanddan qator xorijiy yoʻnalishlarga, jumladan, Janubi-Sharqiy Osiyo, Yaqin Sharq, Turkiya va Xitoy shaharlariga muntazam va charter reyslarini yoʻlga qoʻyishni rejalashtirmoqda.
“Air Samarkand” 2022-yilda tashkil etilgan Oʻzbekiston aviakompaniyasi boʻlib, bosh qarorgohi Samarqand shahrida joylashgan.
Samarqand xalqaro aeroportida “Air Samarkand” aviakompaniyasining ilk samolyoti kutib olindi
Airbus 277 ta ekonom va 36 ta biznes-klass oʻrindiqlarga ega.
Toşkentda xonanda Mubina Abbosxonovani öldirişga tarğib qilgan bloger uşlandi
- Dam oliş kunlari Özbekistonda iliq va asosan quruq ob-havo kuzatiladi
- Akbar Jörayev törtinçi bor jahon çempioni böldi: ikki jahon rekordi yangilandi
- Özbekistonda «Fidoyi volontyor» kökrak nişoni taʼsis etiladi
- Ayrim OTM rahbarlarining lavozimiga loyiqligi örganiladi
- Toşkent viloyatida 1 ming dollar qarz berib, 10 ming dollarlik tilxat yozdirgan şaxs uşlandi