Viloyat bojxona boşqarmasining Kontrabandaga qarşi kuraşiş bölimi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati hamda Içki işlar organlari vakillari bilan hamkorlikda giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasiga qarşi tezkor tadbir ötkazişdi.

Samarqand şahridagi halqa yöli böyida ötkazilgan tadbir davomida oldindan kuzatuvga olingan fuqaro beton tösiq ostiga yaşirib qöyilgan sellofan paketni olib, ortiga qaytayotgan vaqtida töxtatildi.

Şundan söng, paket xolislar iştirokida közdan keçirilganida içida ikki öramdagi “opiy” giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi. Uning umumiy oğirligi esa 2 kilogrammni taşkil etdi.

Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat işi qözğatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.