Bugungi kunda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar noqonuniy muomalasi bilan boğliq jinoyatlar uçun javobgarlik çoralari yanada kuçaytirilayotgani, bu borada keng jamoatçilikka muntazam ravişda tuşuntirişlar berilayotganiga qaramay, hamon bunday huquqbuzarliklarga qöl urayotgan fuqarolar uçrab turibdi. Afsuski, ayrimlar noqonuniy harakatlarining huquqiy oqibatlarini anglamasdan yoki bunga bepisand munosabatda bölib, özlarini oğir jinoyat girdobiga tortmoqda.
Xususan, Buxoro viloyati bojxona boşqarmasining Kontrabandaga qarşi kuraşiş bölimi, Davlat xavfsizlik xizmati hamda IIB hamkorligida giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi bilan boğliq yana bir holat foş etildi.
Tezkor tadbir Şofirkon tumanida oldindan olingan tezkor maʼlumotlar asosida taşkil etildi. Tadbir davomida kuzatuvga olingan fuqaroning yaşaş xonadoni xolislar iştirokida belgilangan tartibda közdan keçirildi.
Natijada, xonadon poydevorining ostki qismiga yaşiriş maqsadida kömib qöyilgan, umumiy oğirligi 2 kg 875 grammni taşkil etuvçi «marixuana» giyohvandlik moddasi aniqlandi.