U Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismida nazarda tutilgan o‘ta yirik miqdordagi firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda gumon qilinib, Interpol kanallari orqali qidiruvda bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, gumonlanuvchi Peru Respublikasi hududida tergov organlaridan yashirinib yurgan vaqtda xalqaro qidiruv doirasida qo‘lga olingan.

Ekstraditsiya jarayoni Interpolning Toshkent va Limadagi Milliy markaziy byurolari xodimlarining hamkorlikdagi tezkor-qidiruv tadbirlari orqali amalga oshirilgan. Shuningdek, gumonlanuvchini O‘zbekistonga olib kelishda tranzit davlatlar sifatida Fransiya va BAA vakolatli organlari ham xalqaro huquq doirasida yordam ko‘rsatgan.

Qayd etilishicha, mazkur holat transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurashishda Interpolga a’zo davlatlar o‘rtasidagi ikki va ko‘p tomonlama hamkorlik samaradorligini yana bir bor tasdiqlaydi.

Ekstraditsiya qilingan shaxs keyingi protsessual harakatlar hamda O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortish uchun Respublika Bosh prokuraturasi va Interpol Milliy markaziy byurosi xodimlari hamrohligida O‘zbekistonga olib kelingan.