Toşkent şahrida kanallar böylarini kompleks obodonlaştiriş, yaşil hududlar kölamini kengaytiriş hamda aholi uçun zamonaviy sayr va dam oliş maskanlarini yaratiş borasida keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda.
Xususan, Çilonzor tumanida Anhor kanalining Bunyodkor köçasidan Naqqoşlik köçasigaça bölgan 1,7 kilometrlik qismida kompleks obodonlaştiriş va yangi saylgoh barpo etiş işlari davom etmoqda.
Ayni paytga qadar kanal özanining 500 metrdan ortiq qismida betonlaş işlari amalga oşirildi.
Loyihaga muvofiq, kanal böylab umumiy uzunligi 3,4 kilometrni taşkil etuvçi velosiped va piyodalar yölaklari barpo etiladi. Şuningdek, kanalning ikki qirğoğini özaro boğlovçi 3 ta köprik qurilişi hamda aholi xavfsizligini taʼminlaş maqsadida kanal qirğoqlari böylab himoya panjaralari örnatilişi közda tutilgan.
Hududning ekologik holatini yaxşilaş hamda saylgohning tabiiy jozibadorligini oşiriş maqsadida 500 dan ortiq daraxt va buta köçatlarini ekiş rejalaştirilgan.
Hozirda quriliş va obodonlaştiriş işlariga 100 nafarga yaqin işçi hamda 12 ta maxsus texnika jalb etilgan. Loyihani 2027-yilning may oyida yakunlaş va saylgohni foydalanişga topşiriş möljallangan.
Poytaxtda kanal böylarini kompleks obodonlaştiriş, zamonaviy infratuzilmani şakllantiriş hamda aholining turmuş sifatini yaxşilaşga qaratilgan işlar izçil davom ettirilmoqda.