Bu haqda poytaxt hokimligi maʼlum qildi.

Hokimining tegişli qaroriga muvofiq, isitiş tizimi bosqiçma-bosqiç işga tuşiriladi.

Jumladan, 9-noyabrdan maktablar, boğçalar, şifoxonalar va boşqa ijtimoiy soha muassasalariga, şuningdek, köp kvartirali turar joy binolariga issiqlik yetkazib beriş boşlanadi.

Isitiş xizmati uçun tölovlar issiqlik amalda ulangan kundan boşlab hisoblanadi. Ulaniş sanasi boşqaruv kompaniyasi tomonidan imzolanadigan ikki tomonlama dalolatnomada qayd etiladi.

Agar xonadonda issiqlik bir maromda taqsimlanmasa, aholidan uyga xizmat körsatuvçi boşqaruv kompaniyasiga murojaat qiliş söraldi. Çunki bino içida issiqlikning töğri taqsimlanişi va içki tizimlarning soz holatda işlaşi uçun boşqaruv taşkiloti masʼul hisoblanadi.

Issiqlik tarmoqlarida avariya holatlari yuzaga kelganda esa Veolia Energy Taşkent kompaniyasining 1347 yoki (71) 200-00-56 raqamli koll-markaziga murojaat qiliş mumkin.

Şuningdek, @vet_pokazaniya_bot Telegram-boti orqali ham murojaatlar qabul qilinadi. Uşbu bot haftaning barça kunlari, sutka davomida işlaydi.