Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi Ekopolitsiya xodimlari fuqarolar murojaatlari asosida korxona faoliyatini örgandi.

Tekşiruvda quriliş maydonidan çiqiş joyida ğildirak yuviş postlari taşkil etilmagani aniqlandi. Oqibatda yuk maşinalari loy va tuproqni köçaning 2–2,5 kilometrlik qismiga olib çiqqan.

Şuningdek, quriliş hududida çang kötarilişining oldini oliş uçun suv purkaş qurilmalari örnatilmagan, havoni muhofaza qiliş çora-tadbirlari işlab çiqilmagan. Davlat ekologik ekspertizasi xulosasida belgilangan talablar ham bajarilmagan.

Bundan taşqari, yerosti avtoturargohi ekspertizadan ötgan loyihada nazarda tutilmagani, kotlovanlardan qazib olingan 87 ming kub metrdan ortiq tuproq qayerga joylaştirilgani böyiça hujjatlar taqdim etilmagani maʼlum böldi.

Aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 202-son qaroriga asosan korxonaga atrof-muhitga yetkazilgan zarar uçun 1,23 milliard sömdan ortiq kompensatsiya tölovi hisoblandi.

Korxonaga aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş, çang kötarilişining oldini oliş, daraxt köçatlari ekiş va boşqa ekologik talablarga rioya qiliş böyiça körsatmalar berildi.